Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma’qullangan
Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2019-yil 26-avgust
№ O‘RQ-553