O‘zbekistonda yerlarni kosmik zondlashni 2020-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha kosmik zondlashni yakunlash vazifasini topshirdi. Ushbu masala qishloq xo‘jaligini 2020-2030-yillarda rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2020-yil oxirigacha joriy yilda boshlangan ishlarni to‘liq yakunlash zarurligi ko‘rsatilgan. Bu tuproq va ekinlar real holatiga ishonchli baho berishga imkon beradi.
Ushbu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to‘liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi.
Dehqonlar va eksportchilar bu tizim orqali qayerda qanday ekinlar yetishtirilayotganini kuzatishlari mumkin, bu esa biznes-rejalarni dadil qurishga va bozor kon'yunkturasini baholashda yordam beradi.
Bundan tashqari, mas'ul shaxslarga qishloq xo‘jaligi statistikasini olib borish tizimini tubdan takomillashtirish, jumladan ekinlarni joylashtirishdan tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilish vazifasi topshirilgan.
Kosmik (masofaviy) zondlash yer yuzasini turli xil tasvirga olish jihozlari bilan yer, aviatsiya va kosmik qurilmalar bilan kuzatish hisoblanadi. Qurilmalar Yerning tabiiy resurslarini o‘rganish va meteorologiya muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Tabiiy resurslarni o‘rganish uchun ular asosan optik yoki radar uskunalar bilan jihozlangan.
Kun.uz