O‘zbekiston: “Qo‘qon mexanika zavodi”dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilmoqda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi «Qo‘qon mexanika zavodi»dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilayotgani to‘g‘risida xabar qildi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi zavodning davlat aksiyalari 2019 yil 14 oktyabrdan “Elsis Savdo” AJ savdolariga qo‘yiladi;
Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi – 0,32 foiz, savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 71 280 (yetmish bir ming ikki yuz sakson) dona oddiy aksiya.
Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 900 (to‘qqiz yuz) so‘m, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 4 557,01 (to‘rt ming besh yuz ellik yetti so‘m bir tiyin) so‘m.
Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi umumiy boshlang‘ich narxi - 324 823 629 (uch yuz yigirma to‘rt million sakkiz yuz yigirma uch ming olti yuz yigirma to‘qqiz) so‘m, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 20 128 068 000,0 (yigirma milliard bir yuz yigirma sakkiz million oltmish sakkiz ming) so‘m.
Kun.uz