Xorijiy investorlar uchun “Investment visa” joriy etiladi
Prezident Farmoni (PF–5833-son, 19.09.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, roʻyxatda mavjud boʻlgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qoʻshiladi.
“Investment visa” – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali