Ozbekistonda QQS miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi
“Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbilari toʻgʻrisida”gi Farmon Prezident tomonidan imzolandi (PF–5837-son, 26.09.2019-y.).
Farmonga muvofiq, joriy yilning 1-oktyabridan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi (QQS) amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.
Shuningdek, soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish boʻyicha amaldagi tartib bekor qilindi.
- Bundan tashqari, Farmonga koʻra 2020-yilgi Davlat byudjeti loyihasi tayyorlanishida:
- davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tushirish;
- divident shaklida toʻlanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 15 foiz miqdorida belgilash;
- qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.
2019-yil 1-oktabrdan boshlab ilgari Moliya vazirligining byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazib kelingan yagona soliq toʻlovi summasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetiga oʻtkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali