Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha Kengash tashkil etildi
Qaror bilan, shuningdek, 2019 – 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi tashkil etildi.
Kengashning asosiy vazifalaridan biri aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlashdan iborat.
Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xomilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali