Rossiyaning Ural federal okrugida O‘zbekiston fuqarolari parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berishni boshladilar
2019-yil 12-dekabr kuni ertalab Chelyabinsk shahrida 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra birinchi bo‘lib ovoz berishga Janubiy Ural davlat universitetida tahsil oladigan O‘zbekiston fuqarolari keldilar.
1 soat ichida 100 da ortiq saylovchi ovoz berdi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Bosh konsulxona huzurida 18-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirildi.
Saylov uchastkasining manzili: 620075, Yekaterinburg, Karl Libknext ko‘chasi, 22, 415-ofis. Telefon raqamlari: +7-343 272-31-66, +7-343 272-31-33.