Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmoqda
2019-yil 12-dekabr kuni ertalab soat 9:00da Xo‘jand shahrida joylashgan T.Asiri nomidagi viloyat jamoat kutubxonasi binosida O‘zbekiston Oliy Majlisi saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Elchixona huzurida 17-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 139-Oqtepa saylov okrugiga biriktirildi. Saylov uchastkasi manzili: Dushanbe shahri, Sanoi ko‘chasi, 30. Telefon raqamlari: +992-37 224-75-39, +992-37 224-75-42.
O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqlarini ta’minlash maqsadida 17-saylov uchastkasi quyidagi manzillarda muddatidan oldin ovoz berishni davom ettirishni rejalashtirmoqda:
- 13-dekabr soat 9:00 dan soat 18:00 gacha Istaravshon shahri, Ismoil Somoniy prospekti, 142-A uy manzilida joylashgan N.Qodirov nomida 1-umumta’lim maktabida;
- 14- dekabr soat 9:00 dan soat 18:00 gacha Xatlon viloyati Qubodiyon tumani, “Qubodiyon” qishloq fuqarolari yig‘ini, Jonazar tepa mahallasida joylashgan “NR Construction and design” MChJ ofisida;
- 15-dekabr soat 9:00 dan soat 18:00 gacha Boxtar shahri, Vaxdat ko‘chasi, 200-uy manzilida joylashgan Qo‘g‘irchoq teatri binosida;
- 18-dekabr soat 9:00 dan soat 18:00 gacha Tursunzoda shahri, Ismoil Somoniy ko‘chasi 145-uy manzilida joylashgan shahar madaniy bo‘limi binosida.