Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda
2019-yilning 14-dekabr kuni soat 10.00da Qozog‘istonning Aqtobe shahrida Sanqiboy botir prospekti 20/A uyda joylashgan “Do‘stlik uyi”da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Ovoz berish 15-dekabr soat 13.00gacha davom etadi.
Mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra soat 13.00da qariyb 150 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘z saylov huquqlaridan foydalandilar.
O‘zbekiston MSK qaroriga muvofiq Bosh konsulxona huzurida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha 139-Oqtepa saylov okrugiga biriktirilgan 2-saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylov uchastkasi manzili 130000, Aqtau shahri 30-mikrorayon 83/1-uy.