Shvetsiyadagi O‘zbekiston fuqarolari muddatidan avval ovoz berishni boshladilar
2019-yil 14-dekabr kuni ertalab soat 10.00da (Toshkent vaqti bilan 14.00 da) Stokgolm shahrida 16442 Kista Stockholm, Kista Torg 7 manzilida Shvetsiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari muddatidan avval ovoz berishni boshladilar.
2019-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Germaniya hududida 8- va 47-saylov uchastkalari tuzilib, ular Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 140-Darxon saylov okrugiga biriktirildi.
Saylov uchastkalari manzillari:
8-saylov uchastkasi – Perleberger Str. 62, 10559 Berlin O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi binosida. Telefon: +49(0)30-39409830, faks: +49(0)30-39409862, elektron pochta: botschaft@uzbekistan.de;
47-saylov uchastkasi – Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi binosida. Telefon: +49(0)69915011110, faks: +49(0)699 15011115, elektron pochta: gk.usbekistan@gmail.com;
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi quyidagi manzillarda ham muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin:
- 12-19-dekabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha yuqorida ko‘rsatilgan saylov uchastkalarida;
- 15-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Praga shahrida;
- 15-dekabr kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Myunhen shahrida.
Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini tadiqlovchi hujjatni (passport – nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish uchun yoki diplomatik, harbiy guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) taqdim qilishi zarur.