Rossiyaning Markaziy federal okrugida bo‘lib turgan fuqarolarning muddatidan avval ovoz berishlari davom etmoqda
2019-yil 15-dekabr kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan qariyb 1600 nafar hamyurtimiz vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan “Energostroy” MChJda (Moskva viloyati Ximki shahri) muddatidan avval ovoz berish tashkillashtirildi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Moskva shahri hududida 31 va 54-saylov uchastkalari tuzilib, ular Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha 145-Bodomzor saylov okrugiga biriktirildi.
Saylov uchastkalari manzillari:
- 31-saylov uchastkasi – O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi huzurida. Manzil: Moskva shahri, Pogorelskiy tor ko‘chasi, 12.
- 54-saylov uchastkasi – O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi huzurida. Manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11, 2-bino.
Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi bo‘yicha 12-18-dekabr kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha muddatidan oldin, 22-dekbar – saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha ovoz berishlari mumkin.
Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (passport – nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish uchun yoki diplomatik, harbiy guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) taqdim qilishi zarur.