“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan, maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi.
Xususan, davlat har bir bolaning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqini kafolatlaydi.
Qonunga muvofiq, maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti boʻlishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi:
- umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti;
- koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti;
- inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti;
- qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali