Elchixonadagi har bir saylovchi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi
2019-yilning 22-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan tuzilgan va 141-sonli Temiryo‘lchi saylov okrugiga biriktirilgan mamlakatimizning Pokistondagi Elchixonasi huzuridagi 22-sonli saylov uchastkasida ovoz berish uchun kelgan har bir O‘zbekiston fuqarosiga o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanganligi ramzi sifatida ko‘krak nishoni topshiriladi.
Elchixona tomonidan tayyorlangan ko‘krak nishonlari Pokistonda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, bo‘lajak parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi va jurnalist sifatida mamlakatimizga tashrif buyurishni rejalashtirgan Pokistonning siyosat va jamoat doiralari, OAV vakillariga tarqatiladi.
Nishon davlat bayrog‘i, gerbi va markazida “New Uzbekistan – new elections” hamda “Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Islamic Republic of Pakistan” yozuvi bilan bezatilgan.