“Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, institut masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Institut taʼlim faoliyatini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju texnologiya institutinin (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari asosida oʻzbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiradi.
Institut bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan diplom beriladi.
Institutga talabalar qabuli umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlari Yodju texnologiya instituti tomonidan (yoki ishtirokida) oʻtkaziladi.
Oʻqish toʻlov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda amalga oshiriladi.
Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali