18-dekabr kuni Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining muddatidan oldin ovoz berishi yakunlandi
2019-yil 18-dekabr kuni soat 18.00 da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00) O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi huzurida tashkil qilingan 14-saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida muddatidan oldin ovoz berish yakunlandi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra mazkur saylov uchastkasi 144-Do‘mbirobod (Toshkent shahri) saylov okrugiga biriktirilgan.
Muddatidan oldin ovoz berish O‘zbekiston fuqarolari zich istiqomot qiladigan Amur viloyatining Svobodnenskiy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” va Primorye o‘lkasi Mixaylovka tumani Dubki qishlog‘idagi “Esta Construction” kompaniyalarining vaqtincha vaxta shaharchalarida, Vladivostok shahrining qator joylarida va bevosita Bosh konsulxona huzuridagi saylov uchastkasida tashkillashtirildi.
Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra 12-18-dekabr kunlari 6000 dan ortiq saylov huquqiga ega O‘zbekiston fuqarolar muddatidan avval ovoz berdi.
22-dekabr kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 14-saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin. Saylov uchastkasining manzili: Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi 46-uy. Telefon raqamlari: +7-423 260-48-00, +7-951 018-70-07.