O‘zbekiston TIV rahbari birinchi o‘rinbosarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2019-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ilhom Ne’matov jonli efirda xorijdagi elchixonalarimiz, konsulxonalarimiz va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari huzurida parlament saylovini o‘tkazish uchun tashkil etilgan 55 ta saylov uchastkalarida fuqarolarimizning ovoz berishini tashkillashtirish borasidagi TIV faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi.
TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari jurnalistlarning savollariga javob berdi.