22-dekabr kuni Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugidagi O‘zbekiston fuqarolarining ovoz berishi boshlandi
2019-yil 22-dekabr soat 8.00 da (Toshkent vaqti bilan soat 3.00) O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasida tashkil etilgan 14-saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘yicha ovoz berish boshlandi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan ushbu saylov uchastkasi 144-sonli Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirilgan (Toshkent).
12-18-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Uzoqsharqiy federal okrugining bir qator chekka hududlarida O‘zbekiston fuqarolari zich yashaydigan joylarda muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tdi, ularda 6000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari deputatlikka nomzodlar uchun ovoz berdi.
22-dekabr kuni Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko'chasi, 46-uyda joylashgan 14-saylov uchastkasida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20.00 gacha davom etadi. . Tel: + 7-423 260-48-00, + 7-951 018-70-07.