Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining saylovda ovoz berishi yakunlandi
2019-yilning 22-dekabr kuni soat 22:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da) O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi huzurida tashkil etilgan va Toshkent shahridagi 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirilgan 14-saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ovoz berish yakunlandi.
Avval, 12-18-dekabr kunlari Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugining, jumladan Amur viloyatining O‘zbekiston fuqarolari zich yashaydigan joylarida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilgan edi
Saylovda jami bo‘lib Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida bo‘lib turgan 6688 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.