O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019
2019-yilda 18 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi. Bular – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Belarus, Ozarbayjon, Yaponiya va Rossiya Federatsiyaga amalga oshirgan davlat va rasmiy tashriflari. Ayni paytda, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Germaniya davlat rahbarlari, Yevropa Ittifoqi rahbari, shuningdek, Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari mamlakatimizga tashrif buyurdilar.
Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida 122 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, ulardan to‘rttasi davlatlararo bitim, 31 tasi hukumatlararo bitim, shuningdek, 35 tasi tashkilotlar va mintaqalar orasida imzolangan boshqa hujjatlardir.
Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
29-dekabr 2019y.