Rossiya TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
16-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni davom ettirib vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini va O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari lavozimiga qayta tayinlanganlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.