1995-yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-610-son, 13.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, 1995-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan oʻtgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.
Jumladan, Komissiya Oʻzbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni koʻrib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.
Qonunga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali