O‘zbekiston TIV Operativ shtabining “tezkor aloqa raqami” faoliyati to‘g‘risida
2020-yilning 16-mart kuni mamlakatimizda COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori natijasida yuzaga kelgan masalalarni ko‘rib chiqish va bog‘lanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi huzurida maxsus guruh tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda barcha telefonlar odatiy rejimda ishlamoqda: “call center” - 1164 (ko‘p kanalli), +998-71-233-28-28, +998-97-136-51-51 (mobil).
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlar sababli texnik nosozliklar kuzatilishi mumkin, ushbu nosozliklar mutaxassislar tomonidan tezda bartaraf etilmoqda.
Operativ shtab bilan TIV elektron pochtasi orqali ham bog‘lanish mumkin: info@mfa.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi