O‘zbekistondagi xorijiy fuqarolar diqqatiga
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha cheklov choralari munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan va ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini avtomatik tarzda 2020-yil 10-aprelgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, mamlakatimizga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarga 2020-yil 10-aprelgacha bo‘lishga ruxsat beriladi.
Shunga muvofiq, ushbu toifadagi chet el fuqarolariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi