O‘zbekistonning Malayziyada bo‘lib turgan fuqarolari diqqatiga
O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi “Uzbekistan Airways” AJning Kuala-Lumpur shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda 2020-yil 16-mart kuni Tezkor javob qaytarish shtabini tashkil etdi va u 24 soatlik rejimda fuqarolarimizning murojaatlariga javob qaytaradi.
Shu bilan birga Elchixonaning ijtimoiy tarmoqlarda ochgan sahifalari orqali Malayziya hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik talabalar va fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib turilibdi.
Malayziyada bo‘lib turgan fuqarolarimizning vatanga qaytishlarida ko‘maklashish uchun ularning ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek Malayziya Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston tomonining Malayziya fuqarolarini O‘zbekistondan vataniga olib chiqib ketishga ko‘maklashish uchun choralar ko‘rilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot yetkazildi. O‘zbekiston chegarasidan chiqishni vaqtinchalik cheklash avval mamlakatimizga kelgan va hozirda uning hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmasligi qayd etildi.
Batafsil ma’lumot olish uchun Tezkor javob qaytarish shtabiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
“Uzbekistan Airways” AJning Malayziyadagi vakili Sherzod Akmalov
Tel.: (+603) 2078 4766
Faks: (+603) 2078 360
Mobil telefon: (+6019) 233 7777
E-mail: kul@uzairways.com
O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi konsuli Nasimxon Alixonov
Tel.: (+603) 4253 4406
Faks: (+603) 42535406
Mobil telefon: (+6017) 3204414
E-mail: consul@uzbekembassy.com.my
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi