O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi axboroti
O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 17-mart kuni diplomatik vakolatxonaga 200 dan ortiq fuqarolarimiz murojaat qilib, vatanga qaytish istagini bildirishgan. Ro‘yxat shakllantirilgan va O‘zbekistonga uchib ketish uchun charter aviareysni tashkil qilish masalasi hal qilinmoqda.
Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma’lumot olish mumkin:
- Aziz Aliyev, Bosh konsul, tel.: +6626753995, +6626753996, +66971725060;
- Jamshid Safarov, konsul (o‘zbek, rus, ingliz tillari), tel.: +66955026770;
- Qodirjon Obidov, bosh buxgalter (o‘zbek va rus tillari), tel.: +66955974470;
- Faxritdin Sultanov, “Uzbekistan Airways” AJning Bangkok shahridagi vakili, tel.: +66817514840;
- Nirapat Wongvilas, kotib-tarjimon (rus, ingliz va tay tillari), tel.: +66647375560.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi