Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
2020-yil 17-martdan boshlab “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent-Riga-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarning to‘xtatilishi munosabati bilan O‘zbekistonning Riga shahridagi Elchixonasida Operativ shtab tashkil etildi, savollarga javob berish uchun 24 soatlik rejimda ishlaydigan “tezkor aloqa raqamlari” ochildi.
Elchixona Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyadagi vatandoshlarni sarosimiga tushmaslikka, xotirjamlikni saqlashga va tavsiya etilgan choralarga rioya qilishga chaqirdi.
Riga shahridan charter reyslarni tashkil qilish uchun 2020-yil 17-martdan boshlab vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash boshlandi.
Shu munosabati bilan Elchixona O‘zbekiston qaytishni xohlovchi fuqarolardan embassy@uzbekistan.lv va consulate@uzbekistan.lv elektron pochta manzillariga quyidagi ma’lumotlarni jo‘natishlarini so‘raydi:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportinining nusxasi;
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining aloqa ma’lumotlari;
3. “Uzbekistan Airways” AJ parvozlari uchun chipta nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Charter reysi vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. Shu bilan birga fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar.
Qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, Elchixona quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ramoqda:
O‘zbekistonning Riga shahridagi Elchixonasi:
Manzil: Elizabetes iela 11, Centra rajons, Rīga, LV-1010
Telefon: (371) 67 322 346, (371) 67322424
Elektron pochta manzili: embassy@uzbekistan.lv, consulate@uzbekistan.lv
Sharafiddin Mirzakulov, mobil telefon / Telegram: (371) 292 41 047.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi