O'zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rilmoqda
22 may kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ichki ishlar idoralarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyati ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni belgilaydigan qaror qabul qildi.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida” gi qonunni amalga oshirish doirasida qabul qilingan hujjatda oshkor qilinishi kerak bo'lgan ma'lumotlar ro'yxati belgilab berilgan.
Ro'yxatga penitentsiar muassasalar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni, tegishli muassasalarning soni va joylashgan o'rni, ularning ishlab chiqarish faoliyati va ilgari yopilgan boshqa ma'lumotlar kiritilgan.
Ichki ishlar vazirligiga bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan qonun va me'yoriy hujjatlarni hukumat qarori bilan muvofiqlashtirish topshirildi.