Iqtisodiy hamkorlik
Ikki mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlanishda talaygina imkoniyatlar mavjud.
2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari asosida tegishli protokol hamda investisiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
2018-yil 11-16-dekabr kunlari Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi rahbari Somi al-Ubaydiy boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 24-27 noyabr kunlari O’zbekiston ishbilarmonlari delegasiyasi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Makka va Madina Savdo-sanoat palatalarida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forumlar bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirlarda Respublika Savdo-sanoat palatasi va Namangan viloyati xokimiyati vakillari tomonidan O’zbekistondagi investision muhit va eksport salohiyati to’g’risida taqdimotlar o’tkazildi.