Siyosiy munosabatlar
Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi. 1992-yil fevralda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.
1992-yil noyabrda Jiddada O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi, 1995-yil mayda O‘zbekistonning Riyozdagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. 1997-yil martdan Toshkentda Saudiya Arabistonining elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2012-yil aprel oyida Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi (parlament) raisi Abdulla Ol ash-Sheyx boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
2017-yil 21-may O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonida bo'lib, arab-musulmon va Qo'shma Shtatlar sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida O'zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.
2018-yil 27-mart Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining o'rinbosari A.Mirdad boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi hamkorlik" deb nomlangan Toshkent konferentsiyasida ishtirok etdi.
2018-yil 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi o‘tkazildi.