O'zbekiston Respeblikasiga kirish tartibi to'g'risida ma'lumot
Horijiy davlatlardan O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo'lgan (elektron QR code) taqdirda, ulardan PCR-test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talab etilmaydi.
Tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki passportga ega bo'lmagan taqdirda Respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus Infeksiyasiga PCR test natijasi (electron kodi) yoki chegara o'tish punktlarida ekspress -antigen test topshirishi bo'yicha manfiy natijali ma'lumotnomaga ega bo'lishlari lozim.
Bunda, 12 yoshda to'lmagan bolalardan emlanganlik sertifikati yoki passport, PCR test natijasi va ekspress-antigen test topshirishi talab etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.
Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.