Turist vizalar uchun konsullik to’lovlari
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:
a) Bir martalik vizalar uchun:
30 kungacha — 65 AQSh dollari;
3 oygacha — 105 AQSh dollari;
6 oygacha — 145 AQSh dollari;
1 yilgacha — 185 AQSh dollari.
Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.
b) Ko‘p martalik vizalar uchun:
6 oygacha- 175 AQSh dollari;
1 yilgacha — 275 AQSh dollari.